Joriy yilning 09 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “MIB xodimlari: bayram kunlari, hatto mehnat taʼtilida ham ishlamoqdamiz” nomli joylashtirilgan maʼlumot yuzasidan

  

Mazkur xabarda, Byuroning Samarqand shahar boʼlimi xodimlari nomidan ish vaqti chegaralanmagani, soat 0700 dan kechki 2400 gacha qadar va bayram kunlari ham ishlayotgani, tez-tez yigʼilishlar oʼtkazilishini, hatto mehnat taʼtilidagilar ham ishga chiqishga majburligini, rahbariyatning mehnat qonunchiligiga rioya qilmasligi bayon qilingan.

Oʼrganishda, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar boʼlimlarida 1145 nafar xodimlar, birgina Samarqand shahar boʼlimida 200 nafar xodimlar faoliyat koʼrsatib kelishi, xodimlarning kunlik ish vaqti soat 09-00 dan soat 18-00 ga qadar davom etishi, belgilangan vaqtdan tashqari ishlashiga, shuningdek shanba va yakshanba kunlari ishga chiqishiga yoʼl qoʼyilmasligi, xodimlarning shanba va yakshanba kunlari ishlashi faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilayotgani maʼlum boʼldi.

Sababi, aholining ish bilan band boʼlgan qatlami shanba va yakshanba kunlari xonadonlarida boʼlishi, priborlarni koʼzdan kechirish hamda hisob-kitoblarni amalga oshirishda ularga yanada qulaylik yaratish inobatga olingan.

Bunday holatlarda, xodimlarning shanba-yakshanba va dam olish kunlari oʼz hohishi bilan ishlagani uchun boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi yoki ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berish choralari koʼriladi.

Shuningdek, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning alohida xizmat oʼtash sharoitlari inobatga olib, ularga nisbatan tegishli ijtimoiy muhofaza choralari, dam olish, moddiy ahvolini yaxshilash, mehnat taʼtilini olish va tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqlari kafolatlangan.

Birgina, joriy yilning 31 avgust kuni Mustaqillik bayrami munosabati bilan Samarqand shahar boʼlimi xodimlarining 10 nafarga yaqin xodimlari ragʼbatlantirildi.

Hozirga qadar, boʼlim xodimlarining 112 nafari mehnat taʼtiliga chiqishi taʼminlangan.

Hozirda, boʼlimda xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash, ularga yanada qulaylik yaratish hamda mehnat sharoitlarini oshirish choralari koʼrilmoqda

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar