Ijtimoiy tarmoqlarda “Caravan Group” MChJ restoranlari bilan bogʼliq vaziyat borasida tarqalgan maʼlumot yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining (20.11.2018, 16.01.2019, 28.01.2019 va 05.03.2019) qarorlariga asosan qarzdor “Kreative Studio Caravan” MChJ, “Protekt Konsalt” MChJ, “Caravan Group” MChJ va “Karavan Art” MChJlardan АT “Аsakabank” foydasiga jami 15,5 mlrd. soʼm, АTB “Kapital bank” foydasiga 3,7 mlrd. soʼm va davlat foydasiga 77,2 mln. soʼm undirish, kredit qarzdorligi boʼyicha undiruvni jami bahosi 21,6 mlrd. soʼmga teng garovda boʼlgan: Mirzo Ulugʼbek tumani, Shoʼrtepa koʼchasi 253-uy, Yakkasaroy tumani А.Qaxxor koʼchasi 25-uy, Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumani, Xoʼjakent mavzesi hamda Xoʼjakent QFY xududida joylashgan bino-inshootlarga qaratish belgilangan.

   Ijro hujjatlari boʼyicha tegishli tartibda ijro ishlari qoʼzgʼatilib, qarzdor korxonalarga ijro hujjati talablarini bajarish uchun 15 kungacha boʼlgan ixtiyoriy muddatlar belgilangan va qaror nusxalari tegishli tartibda korxona rahbarlariga topshirilib, ular xabardor qilingan. Shuningdek, ijro harakatlari haqida shaxsan Timur Musinga ham MIB xodimlari tomonidan tushuntirish berilgan.

  Qarzdorlar tomonidan ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor korxona rahbarining Byuro xodimlari harakatlariga eʼtiroz bildirishi oʼrinsiz. Majburiy ijro Byurosi mazkur qarzdor korxonaga nisbatan ijro harakatlarini faqatgina sud qarori ijrosini qatʼiy taʼminlash doirasida amalga oshirmoqda.

   Majburiy ijro harakatlari davomida Yakkasaroy tumani А.Qaxxor koʼchasi 25-uy (Chelsea ARMS, bahosi 4 mlrd. soʼm) hamda Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumani, Xoʼjakent mavzesida joylashgan (Cinara`s, 6 mlrd. soʼm) bino inshootlar xatlanib, qarzdor korxona rahbarlariga tegishli tartibda xabarnoma yuborilgan holda 14.05.2019 yilda elektron onlayn-auktsion savdolariga chiqarilgan. Ushbu koʼchmas mulklarning auktsion savdolari joriy yilning 13 va 14 iyunь kunlari oʼtkazilishi belgilangan.

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar